

SAG Flooring 2013 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda pol qoplamalari ishlab chiqarish yo‘nalishida yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biridir. Kompaniya to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega: xomashyo tayyorlashdan tortib, yakuniy mahsulotni qadoqlash va logistika jarayonlarigacha ichki quvvatlarda amalga oshiriladi.
2013-yil
400 000 min²
2019-yil
1 600 000 mln²
2022-yil
4 700 000 mln²
2025-yil
9 000 000 mln²

Asosiy mahsulot turlari —kovrolin, bitum asosli gilam plitkasi hamda sport va dekorativ maqsadlar uchun mo‘ljallangan sun’iy chim. Ishlab chiqarish majmuasi 23,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 9 million m²gacha mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Kompaniya tarkibida 500 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi va ishlab chiqarishda Shveytsariya, Germaniya va Belgiya uskunalari qo‘llaniladi. SAG Flooring mahsulotlari O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, AQSh, Armaniston, Tojikiston, Gruziya va Afg‘oniston bozorlarida taqdim etilgan.

Kompaniya sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qiladi, jamoat va tijorat obyektlari uchun mos yechimlar ishlab chiqadi, shuningdek, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etadi. Energiya tejamkorligi va ekologik yondashuv SAG Flooring faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mijozlarga keng assortiment, maslahatchilik, tezkor yetkazib berish va sotuvdan keyingi xizmatlar taklif etiladi.




